Wellmore Resort
Oilaviy dam olish uchun eng yaxshi dam olish maskanilardan biri
Yandex izohlariga asoslanib
+998 99 530 00 35
Oilaviy dam olish uchun eng yaxshi dam olish maskanilardan biri
Wellmore Resort Hotel — Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan bo‘lib, 3 gektardan ortiq maydonni egallagan, go‘zal tabiat va manzarali o‘simliklar ila o‘ralgan dam olish maskanidir. Bu yerda sizni go‘zal muhit, yuksak xizmat ko‘rsatish va haqiqiy g‘amxo‘rlik kutmoqda.
Bizda mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan: 4 mahal ovqatlanish turar joy narxiga kiritilgan — bu esa oromingizni hech qanday tashvishlarsiz o‘tkazish imkonini beradi. Asosiy mehmonlarimiz — oilaviy juftliklar va 50 yoshdan katta bo‘lgan shaxslar bo‘lib, ular tinchlik, tozalik va yuqori darajadagi xizmatni qadrlashadi.
Band qilish
Qulay va shinam restoranimiz mehmonxona birinchi qavatida joylashgan bo‘lib, har kuni 08:00 dan 22:00 gacha faoliyat yuritadi. Har bir mehmon e’tiborsiz qolmaydi: 4 mahal ovqat set-menyu shaklida beriladi — har bir mehmon uchun alohida porsiya.
Wellmore Resort taomlari — yevropa va sharq taomlari uyg‘unligi. Birinchi taom sifatida yengil sho’rva, ikkinchi taom sifatida mazali qozon-kabob, salat, nonlar assorti, mavsumiy ichimliklar va mevalar bilan beradi.
Wellmore Resort Hotel’ning SPA markazida siz quyidagi xizmatlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin:
Mehmonlar qulayligi uchun bizda 4 ta hovuz mavjud:
Ayollar va erkaklar uchun alohida hovuzlar (maksimal chuqurlik — 1.7 m);
Har bir hovuz yonida kichik bolalar uchun alohida hovuzlar bor
Afsuski, dam olish maskaniga hayvonlar bilan kelishga ruxsat berilmaydi. Bu barcha mehmonlar xavfsizligi va qulayligi uchun muhimdir.